Toshkentda ehson qutisini o‘margan gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda do‘kon yonida o‘rnatilgan xayriya qutisini noma’lum shaxs olib ketgani aks etgan video tarqalib, katta muhokamalarga turtki berdi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 yanvar kuni soat taxminan 18:00 atrofida noma’lum shaxs Yangihayot tumanidagi Tashabbus mahallasi hududida joylashgan do‘konlardan birining oldida turgan ehson qutisini o‘marib, hodisa joyidan yashirinib ketgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur holatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan fuqaro aniqlanib, ushlangan.
Bildirilishicha, voqea yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, qonun doirasida tegishli qaror qabul qilinishi ta’minlanishi aytilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!