date

Toshkentda ehson qutisi o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi

Toshkentda ehson qutisi o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda do‘kon oldiga qo‘yilgan xayriya qutisini noma’lum shaxs olib ketgani aks etgan video tarqalib, ko‘pchilikning e’tirozi va muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mazkur voqea yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 28 yanvar kuni soat taxminan 18:00 atrofida noma’lum shaxs Yangihaot tumani, Tashabbus mahallasi hududidagi do‘konlardan birining oldida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu qo‘pol qilmishni sodir etganlikda gumon qilingan fuqaro aniqlanib, ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Yangihaot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ta’kidlandi.
Xayriya qutisidan olinadigan mablag‘ kimgadir davo, kimgadir taom, kimgadir umid bo‘ladi. Shu uchun bunday “mayda”dek ko‘ringan o‘g‘irlik ham jamiyatda ishonchga qattiq zarba. Yaxshisi, har kim o‘z hissasiga halol bo‘lsin — ehsonга ko‘z olaytirish emas, ehson qilish madaniyati ko‘paysin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ehson qutisi o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi