Toshkentda Gentra rusumli avtomobil yonib ketdi

Kecha, 31 yanvar kuni soat 22:04 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Buloqsoy ko‘chasida yengil avtomobil yonayotgani haqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar yetib kelgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar FVB matbuot xizmati.
Mazkur murojaat ortidan yong‘in-qutqaruv brigadalari atigi uch daqiqada, ya’ni soat 22:07 da voqea joyiga yetib borishgan. Yong‘in soat 22:14 da to‘liq o‘chirilgan va keng tarqalishining oldi olingan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in sabablari hozirda aniqlashtirilmoqda. Yong‘in sodir bo‘lgan avtomobil Gentra rusumli bo‘lgani ma’lum qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing