
Milaning «Inter» klubida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Alessandro Bastoni «Barselona»ning transfer ro‘yxatidagi eng ustuvor nomlardan biri bo‘lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikki klub «Al-Hilol»ning o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanseluga ham qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar uchun asosiy vazifa — mudofaa markazini kuchaytirish. Jurnalist Janluiji Longari ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yanvar oyida portugaliyalik futbolchi bo‘yicha «neradzurrilar»ga jiddiy raqobat qilishi qiyin, biroq yozda Bastonini o‘z safiga og‘dirishga urinib ko‘radi. Klub ichida italiyalik markaziy himoyachini olib kelish orzusi bor va qimmat transfer uchun mablag‘ni asrab qolish niyatida.
Bastoniga qiziqish «Liverpul»ga ham bog‘lanmoqda. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining narxi 80 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.