
Madridning “Real” klubida o‘ynayotgan hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuono asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsatish uchun navbatdagi imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Xabi Alonso 18 yoshli futbolchi bilan shaxsan uchrashib, jamoa ichidagi istiqbollari haqida suhbatlashdi. Marca xabariga ko‘ra, murabbiy argentinalik iqtidor egasi uchun alohida reja ishlab chiqqan: Alonso Mastantuononing imkon qadar tezroq optimal formaga kirib, maydonda natija ko‘rsatishini xohlamoqda. Yanvarda unga imkoniyatlar ko‘p bo‘lishi kutiladi: Kilian Mbappe jarohat olgan, Endrik ijaraga ketgan, Braim Dias esa Afrika kubogiga yo‘l olgan.
Shuningdek, Franko Mastantuono joriy mavsum davomida bezovta qilgan pubalgiyadan to‘liq forig‘ bo‘lgani ta’kidlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.