
Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilgan xodim bo'yicha chora ko'rildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Andijon viloyatida bir fuqaro huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, o'zi bilan bir kursda o'qiydigan amaldagi IIO xodimi undan 2,7 million so'm so'ragani va o'qishdagi muammolarini “hal qilib berish”ni va'da qilganini bildirgan.
Murojaat asosida Ichki xavfsizlik boshqarmasi xodimlari gumonlanuvchini 2,7 million so'mni olayotgan paytda qo'lga oldi. Tergovoldi tekshiruvlarida u pullarning bir qismini universitetdagi menejerga berishi kerakligini ham aytgan.
Oradan ko'p o'tmay, universitet menejeri ham 2,5 million so'm miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida ushlangani ma'lum qilindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ichki ishlar organlari xodimi egallab turgan lavozimidan bo'shatildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.