date

Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi tashkil etiladi

Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi tashkil etiladi
O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sug'urtasi bo'yicha maxsus jamg'arma tashkil etiladi. Bu haqda Qishloq xo'jaligi vazirligi xabar berdi.

Mazkur jamg'arma davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror asosida tashkil qilinadi. U tashkilot fermerlarga hosilga yoki chorva hayvonlariga tabiiy ofatlar va kasalliklar sabab yetkazilgan zararlarni qoplashda yordam beradi.

Rejada 2030 yilga borib qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 20 foizga oshirish va fermerlar uchun xavflarni kamaytirish ko'zda tutilgan. 2026 yildan boshlab imtiyozli kreditlar orqali hosilni sug'urtalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2025 yil oxirigacha fermerlarga xizmat ko'rsatuvchi axborot tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi tashkil etiladi