date

Toshkentda havo muammosini hal qilish bo‘yicha komissiya tuzildi

Toshkentda havo muammosini hal qilish bo‘yicha komissiya tuzildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxt ekologik vaziyatini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ushbu masalani hal qilish uchun maxsus komissiya tashkil etildi.

Bungacha Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ekologik nazorat choralarini kuchaytirishni taklif qilgan edi. Shu maqsadda, 24 noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda poytaxt havo sifati bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir ko‘rsatgan sabablar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Mirziyoyeva bu kabi holatlarning takrorlanmasligi uchun qisqa va uzoq muddatli tashabbuslar ilgari surdi. IQAir portalining ma’lumotlariga ko‘ra, soat 9:17 holatida Toshkent havosi PM2.5 zarralari tufayli zararli deb baholangan.

Dunyoning eng iflos havoga ega shaharlar reytingida Toshkent yettinchi o‘rinni egallagan. Reytingda birinchi o‘rin Hindistonning Dehli va Kalkutta shaharlariga, uchinchi o‘rin esa Pokistonning Laxor shahriga tegishli.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda havo muammosini hal qilish bo‘yicha komissiya tuzildi