21:49 / 25.01.2017
10 052

O`zLiDeP elektorati muammolari ochiq muloqotlarda hal etilmoqda

O`zLiDeP elektorati muammolari ochiq muloqotlarda hal etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining yaqinda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida davlatimiz rahbarining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasida 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan ijobiy natijalar bilan birga yo‘l qo‘yilgan nuqson va xatolar chuqur tahlil qilindi.

Erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2017 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi. Ushbu vazifalar O‘zbekistonni nafaqat joriy, balki kelgusi besh yil davomida jadal rivojlantirishga qaratilgani bilan barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu kunlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hududiy kengashlari tomonidan Prezidentimiz ma’ruzasida belgilab berilgan eng muhim ustuvor vazifalar, xususan, 2016 yilda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati, ularni amalga oshirish bo‘yicha partiya hamda elektorat vakillari zimmasidagi ishlar bo‘yicha tadbirkorlar, fermerlar va soha mutaxassislari ishtirokida turkum davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan fermerlar va sohaga aloqador tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlikni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni va ularni keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash, bu borada tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish masalalari qizg‘in muhokama qilindi.

Tadbirda so‘z olganlar davlatimiz rahbarining ma’ruzasida mamlakat hayotining barcha muhim sohalaridagi haqiqiy ahvol, xususan, qishloq xo‘jaligidagi kamchiliklar, bajarilmayotgan ayrim dolzarb ishlar xolis va chuqur tahlil qilinganini alohida e’tirof etidilar.

Xususan, 2016 yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni va tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirganiga qaramasdan, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar va ustuvor vazifalar amalga oshirilishini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlar tanqid qilindi. Ayniqsa, er maydonlarini optimallashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar, Xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha nomzodlar tanlashda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilgani, ba’zi fermer xo‘jaliklari etarlicha aylanma mablag‘lar, zarur texnika va boshqa moddiy-texnik resurslarga ega emasligi, bu esa qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi, shartnoma majburiyatlari bajarilishiga va fermer xo‘jaliklarining rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligiga alohida diqqat qaratildi.

Sohadagi salbiy holatlarni o‘rganish, ularni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha O`zLiDePning parlamentdagi fraksiyasi hamda mahalliy Kengashlardagi partiyamiz deputatlik guruhlari faollik ko‘rsatishi, bu borada partiya elektorati — tadbirkor va fermerlar manfaatlarini to‘liq himoya qilishi, ular yo‘lidagi to‘siq va muammolarni bartaraf etishda kuchli deputatlik nazoratini o‘rnatish, nazorat-tahlil tadbirlarni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yilda agrar sohani yanada rivojlantirishda, xususan, ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum etishtirishni ko‘paytirish, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash borasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda partiyaning parlamentdagi fraksiyasi va mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlari mas’uliyatini oshirish kerakligi ham ta’kidlandi.

Davra suhbati davomida qishloq mulkdorlari tegishli tashkilotlar vakillariga o‘z faoliyatlarida uchrayotgan ayrim muammolar, er ajratish, banklardan kredit olish, mahsulotlarni xorijga eksport qilish va boshqa turli masalalarda sun’iy g‘ov va to‘siqlar mavjudligi, ular fermer xo‘jaliklari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani xususida tanqidiy fikrlar bildirishdi.

— Bugungi ochiq muloqot tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilganligi, uzoq vaqtdan beri o‘z echimini kutayotgan muammolarni atroflicha muhokama qilishga, ularning echimini izlab topishga xizmat qildi, - deydi “Qibray oltin meva” fermer xo‘jaligi rahbari Zarina Jumanazarova. — Jumladan, sotib olayotgan urug‘larimizga kafolat etarli darajada emasligi, narxlarning yuqoriligi bois, iqlim sharoitimizga mos keladigan, sifatli, hosildorligi baland bo‘lgan urug‘larni etishtirib beruvchi fermer xo‘jaliklarini tashkil etish lozim deb o‘ylayman. Qolaversa, tumanimizda biolaboratoriyaning yo‘qligi ish faoliyatimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Mazkur masalalar yuzasidan soha mutahassislariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojat etdim. Taklifim o‘rganib chiqilib, bu bo‘yicha amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilishi aytib o‘tildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bu kabi masalalarni aniqlash, ularning maqbul echimlari borasida taklif-tavsiyalar ishlab chiqish O`zLiDePning asosiy vazifasi ekanligi to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi.
Muloqot yakunida o‘rtaga tashlangan muammolarning tezkorlik bilan joyida hal etish, fermerlar tomonidan bildirilgan takliflarni partiya deputatlik birlashmalari, tegishli vazirlik, idora va mahalliy ijroiya organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqildi.
O`zLiDeP matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O`zLiDeP elektorati muammolari ochiq muloqotlarda hal etilmoqda