Toshkent viloyati Zangiota tuman sudi tomonidan “F.G.” MCHJ rahbariga nisbatan chiqarilgan hukmda davlat mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan adolat qaror topdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u jinoiy til biriktirish yo‘li bilan 998 million so‘mlik shartnoma asosida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, aslida bajarilmagan 206 million so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan.
Sud jarayonida aybdor shaxs qilmishini tan oldi, yetkazilgan zararni to‘liq qopladi. Uning qilmishi uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari asosida 30 million 300 ming so‘m jinoiy jarima jazosi tayinlandi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorlik to‘liq undirildi.
Davlat mablag‘i — xalq mulkidir, uni suiiste’mol qilish – ishonchni suiiste’mol qilishdir.
Mas’uliyat, halollik va vijdon – davlat xizmatining asosiy ustunlaridandir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!