“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Angliya chempionati sakkizinchi turining eng yaxshi futbolchisi deb tanlandi.
Maguayr yakshanba kuni Premer-liga doirasidagi “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. “Manchester Yunayted” mehmonda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Maguayr g‘alaba to‘pini kiritdi.
Harri Maguayrning amaldagi shartnomasi “Manchester Yunayted” bilan 2025/2026-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Avvalroq, 32 yoshli futbolchi shartnomani uzaytirish uchun maoshini qisqartirishga tayyor ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Maguayr faoliyati davomida ko‘p bora internet memlariga sabab bo‘ldi. Mashhur futbolchi Ueyn Runi uning bosim ostida ishlashiga qoyil qolganini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!