date

La Ligada oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar...

La Ligada oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar...

Ispaniya La Ligasi oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda besh nafar futbolchi bor: Kilian Mbappe (“Real”), Pedri (“Barselona”), Yan Oblak (“Atletiko”), Antoni (“Betis”) va Xorxe de Frutos (“Rayo Valekano”).

Ayni vaqtda Ispaniya chempionatida “Real” jamoasi 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Joriy mavsumda “Real” va “Barselona” eng yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.

26-oktyabr, yakshanba kuni, La Liganing ikki yetakchi klubi o‘zaro bahs olib boradi. “El Klasiko” uchrashuvi Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi. La Liga doirasidagi “El Klasiko” har mavsum futbol muxlislarining e’tiborini tortadi.

Bu uchrashuv natijasi chempionat jadvaliga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Ligada oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar...