date

UFC 322: Maddalenaning murabbiyi Maxachev bilan jangni baholadi

UFC 322: Maddalenaning murabbiyi Maxachev bilan jangni baholadi

UFC yarim o‘rta vazn chempioni Jek Della Maddalenaning bosh murabbiyi Ben Viskers rossiyalik Islom Maxachev bilan bo‘ladigan jang haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘qnashuv uslub jihatidan Belal Muhammad bilan bo‘lgan ehtimoliy jangga nisbatan “ancha qulay” kechishi mumkin.

“Bu jang menga yoqadi. Islom ancha klassik uslubda harakat qiladi — uning nima qilayotganini kuzatish osonroq. Belal bilan bo‘lgan jangda esa buni oldindan taxmin qilib bo‘lmas edi. Albatta, Maxachev kichikroq tanaga ega, lekin u vazn tushirishda hech qanday muammoga duch kelmaydi. Shu bilan birga, vazn tushirmasligi uning chidamliligiga qanday ta’sir qilishini aytish qiyin. Bu Islom uchun yangi sinov bo‘ladi,” — dedi Viskers “South Cross” nashriga bergan intervyusida.

Murabbiy ta’kidlashicha, Maxachevning o‘tgan yillardagi ustunlik bilan qo‘lga kiritgan g‘alabalari uni favorit sifatida ko‘rsatsa-da, Della Maddalena bu bahsga puxta tayyorgarlik bilan chiqmoqda.

“Biz raqibning kuchli jihatlarini yaxshi bilamiz, lekin har bir ustunlikka qarshi javob tayyorlangan. Jek uchun bu imkoniyat — o‘zini dunyo miqyosidagi eng kuchli jangchi sifatida ko‘rsatish sinovi bo‘ladi,” — deya qo‘shimcha qildi Viskers.

Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev va Jek Della Maddalena o‘rtasidagi to‘qnashuv 16-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan “UFC 322” turnirida tashkil etiladi. Bu jang Maxachevning ilk bor yarim o‘rta vazndagi chiqishi bo‘lishi bilan ham muxlislar uchun alohida qiziqish uyg‘otgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 322: Maddalenaning murabbiyi Maxachev bilan jangni baholadi