Sovuq Islandiyada kutilmagan holat — chivin aniqlandi

1 daqiqa o'qish147
Sovuq Islandiyada kutilmagan holat — chivin aniqlandi

Islandiyada ilk bor chivin topilgani olimlarni hayratga soldi. CNN yozganidek, bu mamlakat tarixida birinchi marta chivinlar rasman qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 oktyabr kuni tabiatshunos Byorn Xyaltason poytaxt Reykyavikdan 20 mil shimolda joylashgan Kjos shahrida uchta chivinni aniqlagan. Keyin u Islandiya Tabiatshunoslik instituti olimlaridan biri — entomolog Matias Alfredsson bilan bog‘langan. Ular ikkisi ikkita urg‘ochi va bir erkak chivinni tutishga muvaffaq bo‘lishgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu Islandiyada tabiiy muhitda paydo bo‘lgan ilk chivinlar hisoblanadi. Olimlarning fikricha, bu tur sovuq iqlimga moslashgan bo‘lib, katta chivinlar yopiq binolarda qishlab chiqishi va hatto uzoq, qattiq sovuqni ham yengib o‘tishi mumkin.

Alfredsson ma’lum qilishicha, bundan oldin mamlakatda faqat Keflavik xalqaro aeroportida samolyot orqali kelgan bitta boshqa turdagi chivin topilgan. Biroq bu galgisi Islandiyaning tabiiy muhitida mustaqil ravishda yashay boshlagan ilk holat hisoblanadi.

Olimlar chivinlar mamlakatga qanday kelib qolganini aniq bilmaydi. Ammo ularning fikricha, nasima yoki dengiz orqali kelgan yuk kemalari va konteynerlar orqali kirib kelgan bo‘lishi mumkin.

Matias Alfredsson iqlim o‘zgarishi bu jarayonga ta’sir qilgan bo‘lishi ehtimolini ham rad etmadi. Uning aytishicha, haroratning ko‘tarilishi kelgusida Islandiyada boshqa chivin turlari ham ko‘payishiga zamin yaratishi mumkin.

Mutaxassislar bu holatni mamlakat ekotizimi uchun yangi va jiddiy ilmiy kuzatuv nuqtasi sifatida baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?