date

Markaziy bank Humans bo‘yicha tekshiruv natijalarini Toshkent IIBBga yubordi

Markaziy bank Humans bo‘yicha tekshiruv natijalarini Toshkent IIBBga yubordi

O‘zbekiston Markaziy banki Humans kompaniyasi atrofidagi vaziyat yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berdi. Regulyator o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha to‘plangan materiallarni Toshkent shahar IIBBga taqdim etgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Markaziy bank fuqarolarga, agar xizmatdan norozi bo‘lish yoki shikoyatlar mavjud bo‘lsa, tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni tavsiya qildi. Shuningdek, regulyator banklar va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashi shartligini yana bir bor eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabr oyi boshida Markaziy bank Octogram (Paylov brendi) kompaniyasining Humans ilovasidagi to‘lov xizmatlarini firibgarlik yo‘li bilan pul yechib olish holatlari sabab vaqtincha to‘xtatgandi. Foydalanuvchilar Humans orqali mablag‘lar yechib olingani yuzasidan ko‘plab shikoyatlar bildirgan, shundan so‘ng regulyator tizim xavfsizligini tekshirish uchun P2P-o‘tkazmalarni vaqtincha cheklash bo‘yicha Octogram bilan bog‘langan.

Keyinchalik Paylov va Humans alohida bayonotlar bilan chiqib, pul yechib olish holatlari bo‘yicha mas’uliyatni bir-biriga yuklagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank Humans bo‘yicha tekshiruv natijalarini Toshkent IIBBga yubordi