Samarqand viloyatida ayol yangi tug‘ilgan chaqaloqni axlat qutisiga tashlab yubordi, bola halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida huquq-tartibot idoralari mahalliy tug‘ruq bo‘limi yonidagi hojatxona hududida joylashgan axlat konteyneridan topilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘limi yuzasidan tergov olib bormoqda. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Videokuzatuv yozuvlari orqali bolaning onasi aniqlangan. Hozirda tergov yakuniy xulosa uchun ekspertiza natijalarini kutmoqda — shu hujjatlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal etiladi.
Ayolning aytishicha, shifoxonada homiladorlikni to‘xtatish bo‘yicha rad javobini olganidan keyin shunday qarorga kelgan. Natijada tug‘ruq tibbiyot muassasasi yaqinida, ko‘chada sodir bo‘lgan, shundan so‘ng u chaqaloqni axlat qutisiga tashlab, voqea joyidan yashiringan.
Viloyat IIB bolaning qanday sharoitda vafot etganini aniqlamoqda. Ekspertiza xulosasi onaning aybi darajasini belgilashda hal qiluvchi omil bo‘lishi qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!