date

Oʻzbekiston turoperatorlari Janubi-Sharqiy Osiyodan ziyoratchilarni jalb qilgani uchun subsidiyalar oladi

Oʻzbekiston turoperatorlari Janubi-Sharqiy Osiyodan ziyoratchilarni jalb qilgani uchun subsidiyalar oladi

2026 yil yakunigacha “Umra plyus” dasturi doirasida Oʻzbekiston turoperatorlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Janubi-Sharqiy Osiyodan mamlakatga ziyoratchilarni olib kelganlik bo‘yicha subsidiyalar ajratiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

15 yanvardan boshlab Malayziya va Indoneziyada loyiha bo‘yicha keng ko‘lamli reklama kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi. Turoperatorlar o‘z tur paketlarini Yagona milliy turizm platformasi orqali onlayn sotishni boshlaydi.

Kadrlar tayyorlashni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida o‘quv laboratoriyasi tashkil etiladi. Shuningdek, akademiya Malayziya oliygohlari bilan “Turizm va mehmondoʻstlik” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ishga tushiradi.

Vazirlik qayd etishicha, bu chora-tadbirlar respublika qadamjolariga keladigan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatishda xalqaro standartlarni joriy etishga yordam beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston turoperatorlari Janubi-Sharqiy Osiyodan ziyoratchilarni jalb qilgani uchun subsidiyalar oladi