Shtutgart so'nggi daqiqalarda Ayntraxtni taslim qildi

Germaniya Bundesligasida birinchi davraning yakuniy turi markaziy bahslardan biri bilan boshlandi: yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan "Shtutgart" o'z maydonida "Ayntraxt"ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 5-daqiqada mehmonlar burchak zarbasidan foydalandi: Ritsu Doan oshirdi, Rasmus Kristensen esa bosh bilan aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi (0:1). Birinchi bo'lim o'rtalarida "Shtutgart" javob qaytardi: Kaaua Santos uzatmani qaytargan vaziyatda birinchi bo'lib Ermеdin Demirovich yetib bordi va to'pni darvozaga joyladi (1:1). Oradan sakkiz daqiqa o'tib Deniz Undavning zarbasi yo'lda rikoshetga uchrab, darvozabon ishini qiyinlashtirdi va mezbonlarni oldinga olib chiqdi (2:1).
Ikkinchi taymda "Ayntraxt" bosimni kuchaytirdi. Ansgar Knauffning voleysi to'singa tegib qaytdi. 80-daqiqada esa mehmonlar baribir tenglikka erishdi: Ayube Amaimouni-Echghouyab zarbasi hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdi. Biroq "shvablar" yakunda yana so'zini aytdi: Yosha Vagnoman hujumni keskinlashtirib berdi, Nikolас Nartey bo'sh qolgan darvoza qismiga bexato zarba yo'llab, g'alabani "Shtutgart"ga taqdim etdi (3:2).
Natijada "Shtutgart" 32 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rindagi o'rnini mustahkamladi. "Ayntraxt" esa 26 ochko bilan 7-pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!