date

N'Golo Kante Yevropaga qaytishga qaror qilishi mumkin

N'Golo Kante Yevropaga qaytishga qaror qilishi mumkin

Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante yaqin orada Yevropa futboliga qaytishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq fransuz futbolchisiga Turkiyaning «Fenerbahche» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Insayder Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, Istanbul jamoasi 34 yoshli хавбекка hozirgi maoshiga nisbatan ancha past shartlar taklif qilmoqda, biroq Kante bu variantga rozi bo‘lishga tayyor.

Qayd etilishicha, «Fenerbahche»ga o‘tgan taqdirda Kante oladigan maosh 70–80 foiz atrofida qisqarishi mumkin. Sobiq «Chelsi» yetakchisining amaldagi shartnomasi esa yana yarim yildan so‘ng yakunlanadi. Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda jahon chempioni «Chelsi»dan «Al-Ittihod» safiga kelib qo‘shilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » N'Golo Kante Yevropaga qaytishga qaror qilishi mumkin