17:33 / 29.05.2017
5 498

Abdulaziz Komilov TIVdagi kamchiliklarni sanadi

Abdulaziz Komilov TIVdagi kamchiliklarni sanadi
Oliy Majlis yuqori palatasining 27 may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yalpi majlisida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Senat oldida hisobot berdi, deydi Kun.uz nashri. U sustkash elchilar, mas’uliyatsiz rahbarlar va chet tilini yaxshi bilmaydigan elchixona xodimlarini TIVdagi kamchiliklar sifatida sanab o‘tgan.

«Milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha amalga oshirayotgan sa’y-harakatlariga qaramasdan, Tashqi ishlar vazirligi va chet ellardagi vakolatxonalarimizning xorijda mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish bo‘yicha ishlarini etarli, deb hisoblab bo‘lmaydi», degan Komilov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ishlar bo‘sh tashkil etilgani, rahbariyat topshiriqlari ijrosiga nisbatan faoliyatsizligi va sustkashligi uchun 7 nafar elchi vazifasidan ozod etildi. Xizmat vazifalarini bajarishdagi mas’uliyatsizligi uchun yil boshidan buyon Tashqi ishlar vazirining uch nafar o‘rinbosari va ikki nafar boshqarma boshlig‘i qat’iy hayfsan oldi.

U quyidagilarni O‘zbekistonning diplomatiya vakolatxonalari ishlaridagi asosiy kamchiliklar sifatida qayd etdi:

– jamoa boshqarilishining past darajasi va chet el sarmoyalarini jalb etish hamda tashqi bozorlarga eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalarining bajarilishi yuzasidan xodimlarga nisbatan talabchanlikning yo‘qolgani;

– vakolatxona faoliyat ko‘rsatayotgan biznes doiralari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish bo‘yicha ishlarning qoniqarsizligi;

– vakolatxona faoliyat ko‘rsatayotgan davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hamda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi tamoyillari va sur’atlari, shuningdek, mamlakat tashqi iqtisodiy siyosati ustuvorliklarining samarali tahlil tizimi va doimiy monitoringi yo‘lga qo‘yilmagani. Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar chet el sarmoyalarini jalb etish va mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishning uddasidan chiqa olishmayotir. Asosiy sabab ularning kasbiy tayyorgarligi darajasi etarli emasligi, xorijlik sheriklar bilan muzokaralar olib borishning amaliy tajribasi etishmasligi, axborot-tahlil materiallarni tayyorlay olmasligi, hamda xorijiy tillarni bilish darajasining zaifligi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulaziz Komilov TIVdagi kamchiliklarni sanadi