date

Sudya 30 ming dollar pora olgani sabab qamaldi

Sudya 30 ming dollar pora olgani sabab qamaldi

Andijon viloyatida jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudining sobiq raisi Yunusjon Egamberdiyev 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 51 yoshli Egamberdiyev “firibgarlik” va “pora berish” jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Sud hukmiga ko‘ra, u 2,5 yil davomida davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat yuritish huquqidan ham mahrum qilingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Egamberdiyev 2025 yil may oyida jazo muddatini qisqartirishni va’da qilib, sudlangan shaxsning onasidan 30 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga olingan. Uning harakati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etilgan.

Ma’lumot uchun, Yunusjon Egamberdiyev 2013–2018 yillarda Asakaning jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida ishlagan. Keyin tadbirkorlik va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullangan. 2024 yil dekabrida esa Xonobod shahar sudi raisi etib tayinlangan, ammo ortidan jinoiy ishga tortilishi uning faoliyatini tugatdi.

Bu hodisa sud tizimida shaffoflik va mas’uliyat masalasi yana dolzarb ekanini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudya 30 ming dollar pora olgani sabab qamaldi