date

Toshkentda minglab liftlar hayratlanarli darajada yomonlashgan

Toshkentda minglab liftlar hayratlanarli darajada yomonlashgan

Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda liftlar holati jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Sanoat xavfsizligi bo‘yicha mas’ul idora axborotiga ko‘ra, poytaxtda 37 ming 103 ta liftda turli darajadagi nosozliklar aniqlangan, deb xabar berdi Kun.uz.

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi shahar boshqarmasi rahbari Olimjon Jo‘rayev ma’lumot berishicha, joriy yil boshidan buyon 121 ta nazorat va 10 mingdan ortiq profilaktik tekshiruvlar o‘tkazilgan. Natijada 1 100 dan ziyod qonunbuzarlik holati qayd etilgan va 135 nafar mas’ul shaxsga ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Shuningdek, u Chilonzordagi “Do‘mbirobod City” qurilish maydonida sentyabr oyida sodir bo‘lgan kran halokati haqida ham eslatdi. Unga ko‘ra, hodisa natijasida bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi og‘ir jarohat olgan. Tergovdan so‘ng kelgusida bunday fojialarni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.

Ayni paytda Toshkentda 74 ta kran faqat rasmiy ruxsatnoma asosida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, shahardagi 205 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi tekshirilib, ularning deyarli yarmida hujjatbop kamchiliklar aniqlangan — 41 tasi identifikatsiya qilinmagan, 78 tasida loyiha ekspertizasi o‘tmagan, 147 tasida esa texnik xulosa yo‘q.

Matbuot anjumanida Toshkentdagi 17 ta madaniyat va istirohat bog‘idagi 263 ta attraksion ham tekshirilgani aytildi. Ulardan 45 tasida texnik pasport, 23 tasida esa xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rasmiy hujjat mavjud emasligi aniqlangan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, poytaxt infratuzilmasidagi bunday kamchiliklar aholining kundalik xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, nazorat tadbirlari yil oxirigacha davom ettirilishi va har bir obyekt bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda minglab liftlar hayratlanarli darajada yomonlashgan