
Argentinalik mashhur futbolchi Lionel Messi “Barselona” shahriga qilgan tashrifi haqida o‘zining samimiy fikrlarini bildirdi. U bu safarni o‘z hayotidagi eng esda qolarli lahzalardan biri sifatida ta’rifladi.
Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi: “Kecha oqshom men butun qalbim bilan sog‘ingan maskanga qaytdim. Men cheksiz baxtli bo‘lgan joyga, meni ming marta dunyodagi eng baxtli insondek his qilgan joyga qaytdim. Umid qilamanki, qachondir yana qaytaman.”
Uning bu so‘zlari “Barselona” muxlislarini hayajonga soldi. Ko‘pchilik Messi klub bilan rasmiy ravishda xayrlashish imkoniga ega bo‘lmaganini yaxshi eslaydi. U 2021-yilda moliyaviy muammolar sabab jamoani tark etgandi.
Futbol ishqibozlari endi Messi kelajakda “Barselona”ga qaytib, u yerda so‘nggi marta muxlislar bilan xayrlashish imkoniga ega bo‘lishiga umid qilmoqda. Messi esa bu orzuni amalga oshirishni istashini yashirmadi.