11:29 / 07.06.2017
39 346

Ro‘zador odam musiqa tinglashi mumkin emas

Ro‘zador odam musiqa tinglashi mumkin emas
Bugun, 7 iyun yurtimizda mohi Ramazon oyining 12-kuni. Musulmon ahlining tom ma’noda bir-biriga yaxshilik qiladigan, gunohlari kechiriladigan oydir.

Hechdan ko‘ra kech, deganlaridek, ushbu oy munosabati bilan saytimiz orqali kerakli tavsiya va maslahatlarni berib boramiz.

1. Ro‘za tutayotgan odam bilmay suv ichib qo‘ysa, ro‘zani ertadan boshlashi kerakmi yoki kafforatini tutib berishi kerakmi?

Javob: “Agar hech qanday shar’iy uzrsiz suv ichgan bo‘lsa, uning zimmasiga kafforat vojib bo‘ladi. Kafforat – avval qul ozod qilish, unga qodir bo‘lmasa, oltmish kun uzluksiz ro‘za tutish, agar unga ham qodir bo‘lmasa, oltmishta miskinga taom berish bilan ado qilinadi. Hozircha esa ro‘zani davom ettirib, oxirigacha tutish kerak. Kafforat Ramazon oyidan keyin tutiladi.

2. Farzandli ayol ro‘zador, lekin bolasini emizadi, bu holatda ro‘zasi ochiladimi?

Javob: “Yo‘q, bolaning emishi ro‘zani buzmaydi.

3. Ro‘zador odam musiqa eshitishi mumkinmi?

Javob: “Ramazon oyida imkon qadar hatto muboh ishlardan ham saqlanish lozim. Chunki Ramazon oyi rohat-farog‘at va ko‘ngilxushlik qilish oyi emasdir.

4. Ro‘zador odam soqol olishi mumkinmi?

Javob: “Soqol olish ro‘zani buzmaydi”.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ro‘zador odam musiqa tinglashi mumkin emas