2017 yilning 31 avgust kuni Toshkentda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab o‘rnatilgan ulug‘vor haykal ochilgan edi. Shunday haykalning ochilish marosimi 2 sentyabr kuni Samarqand shahrida ham bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev dastlab Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. U yerda Qur’on tilovat qilindi.
Samarqand ramzi bo‘lgan Registon maydoni yonidagi xiyobonda, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadon yaqinida Birinchi Prezidentga haykal o‘rnatilgan bo‘lib, 2 sentyabr kuni bu yerga hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, viloyat faollari, nuroniylar, yoshlar jam bo‘ldi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova Islom Karimov haykalini ochdi. Buyuk Yo‘lboshchi haykali poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Marosimda «Nuroniy» jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Hasan Normurodov, «Zarafshon» va «Samarqandskiy vestnik» gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev, Samarqand shahridagi 43-ixtisoslashgan maktab direktori Yelena Kompolshik, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Durdona Olimova, O‘zbekiston Birinchi Prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarini yodga oldi.
Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Islom Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni mamlakat poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish belgilangan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadonga ham tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, elga ehson dasturxoni yozildi.
Manba: daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar