4 944
Shavkat Mirziyoye: «O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan munosabatlarni mustahkamlashi...»
O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlari Markaziy Osiyoning xalqaro arenadagi ta’sirini ancha jiddiy oshirishi mumkin.
The Nikkei tahliliy nashri Uzbek push for stronger ties may change face of Central Asia maqolasida yozishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yaqinda o‘tkazilgan konferensiyada Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasida oliy darajada mintaqaviy uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazishni taklif qildi. Sobiq prezident Islom Karimovning o‘limidan bir yil o‘tib mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash va bunday hamkorlikda yetakchi rolni o‘ynash borasidagi harakatlar jiddiy diplomatik o‘zgarishdan darak beradi.
Markaziy Osiyoning to‘rtta boshqa davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari muntazam mintaqaviy uchrashuvlar o‘tkazishga rozi bo‘lishdi, hamda eng birinchisi kelasi yildayoq bo‘lib o‘tishi mumkin. U Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida Xitoy yoki Rossiyaning ishtirokisiz mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun birinchi sammit bo‘ladi.
O‘zbekistonni chorak asr davomida boshqargan Islom Karimov boshqa iqtisodiyotlar bilan qalin munosabatlar o‘rnatishga juda ehtiyotkorlik bilan qaragan. Toshkent Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegara hamda suv resurslari muammolari bo‘yicha bir necha bora bahsga kirishgan. Biroq o‘tgan yilning dekabrida saylangan Mirziyoyev, aftidan, qo‘shnilar bilan aloqalarni tiklashni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi.
Mirziyoyev lavozimiga kirishganidan so‘ng Turkmaniston va Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Sentyabr oyida u so‘nggi 17 yil davomida Qirg‘izistonga ilk bor prezidentlik tashrifini amalga oshirdi va hamkasbi Almazbek Atamboyev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mirziyoyev Tojikiston bilan ham yaqinlashishga urinmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash xavfsizlik va chegara nizolarini hal qilishda, shuningdek, mintaqada transport infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun muhim ekanligini aytib o‘tdi. Markaziy Osiyo mamlakati, aftidan, xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga yordam beradigan muhitni yaratishdan manfaatdor. Hozir O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga intilmoqda va yaqinda valyuta tizimini erkinlashtirdi.
Xitoyning «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusi O‘zbekiston uchun istiqbolli imkoniyatni taqdim etib, mamlakatga o‘z qo‘shnilari bilan tegishli infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish uchun aloqalarni kengaytirishga turtki berdi.
Mirziyoyev, shuningdek, inson huquqlarining buzilishi masalasi bo‘yicha o‘z mamlakatining xalqaro obro‘sini yaxshilashga va G‘arb iqtisodiyotlari bilan munosabatlarni tiklashga intilmoqda. Yevropa mamlakatlaridan bo‘lgan diplomatlar O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni butun mintaqada barqarorlikning ijobiy belgisi sifatida kutib olishdi, garchi demokratlashtirish va liberallashtirishga qaratilgan bo‘lajak sa’y-harakatlar noaniq bo‘lib qolmoqda.
Lavozimini egallaganidan beri, prezident Rossiya, Xitoy, sentyabrda esa - AQShga tashrif buyurdi. Uning ma’lum bir davlat yoki mintaqaga tayanmagan holda, ulkan davlatlar bilan aloqalarni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlari mustaqillikni asrab-avaylashga asoslangan aniq strategiyasini ko‘rsatadi.
The Nikkei bilan suhbatda tashqi ishlar vaziri Komilov O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi taxminlarni inkor etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi