
Guliston shahriga ekologik toza, “Yevro-5” standartlariga mos va siqilgan gazda ishlaydigan 52 ta avtobus yetkazib berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Sirdaryoga tashrifi davomida yangi texnika bilan tanishdi. Har bir avtobus 60 dan ortiq yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, ATTO to‘lov tizimi bilan jihozlangan.
Ma’lum qilinishicha, Gulistonda brutto-kontraktlar asosida joriy etilgan 7 ta yangi avtobus yo‘nalishi 23 ta mahallani qamrab olgan. Natijada 29 ming nafar aholi jamoat transporti xizmatidan foydalana boshladi.
Kelgusida Guliston shahridagi jamoat transporti uchun yana 30 ta uzoq masofaga qatnovchi avtobus sotib olinishi rejalashtirilgan. Bu bilan yuzdan ortiq odam ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.