date

Gvardiola: Tuxel Angliya bilan chempion bo‘lishini istayman

Gvardiola: Tuxel Angliya bilan chempion bo‘lishini istayman

"Manchester Siti" jamoasining tajribali bosh murabbiyi Pep Gvardiola Jahon chempionati–2026 arafasida kutilmagan, biroq qiziqarli fikr bildirdi. Unga ko‘ra, ingliz terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelga xalqaro maydonda katta yutuq – jahon chempioni bo‘lishni chin dildan tilaydi.

Gvardiola fikricha, mundialda ishtirok etadigan jamoalar tarkibi deyarli barqaror, bir-birini yaxshi o‘rganib bo‘lgan. Shu bois raqobat darajasi yuqori, favoritlar safini tortib chiqish esa oson ish emas. Shunga qaramay, u o‘z tanlovini ochiq va qat’iyat bilan bayon qildi.

“Agar g‘oliblikka da’vo qila oladigan 4–5 jamoani sanasam, hech kim xafa bo‘lmasa kerak. Lekin Angliyani alohida qayd etgim keladi. Bu yerda bir necha yil yashadim, shu mamlakatning hayotiga shunchaki kuzatuvchi emas, balki bir parchasiga aylanib ulgurdim. Shu bois Tuxel va uning bolalari jahon chempioni bo‘lishsa, bundan katta mamnuniyat his qilardim”, – dedi Pep.

Kataloniyalik mutaxassisning bu gaplari Angliya muxlislari orasida ayni damda keng muhokama qilinmoqda. Chunki Tuxelning jamoa boshqaruviga kelishidan so‘ng termada yangi uyg‘unlik, yangi taktik qarash va ichki ishonch shakllana boshlagani sir emas.

Bugun esa futbol olamining ko‘z o‘ngida muhim voqea – JCH-2026 qur’asi o‘tkaziladi. Unda barcha guruhlar taqdiri deyarli oydinlashadi va qaysi jamoa qanday yo‘ldan borayotgani avvaldan bilinadi.

Gvardiolaning samimiy telaklari, shubhasiz, Angliya termasiga qo‘shimcha ruh beradi. Muxlislar esa ustozi qo‘llab-quvvatlagan Tuxelning jamoasi katta sahnada qanday o‘yin namoyish etishini orziqib kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: Tuxel Angliya bilan chempion bo‘lishini istayman