Ronaldu sun’iy intellekt bo‘yicha startapga sarmoya kiritmoqda

Ronaldu sun’iy intellekt bo‘yicha startapga sarmoya kiritmoqda
Qisqacha

Krishtianu Ronalduning sun'iy intellekt sohasidagi Perplexity AI startapiga 20 milliard dollar qiymatidagi investitsiyasi haqida xabar berildi. U bu qarorini muvaffaqiyatga intilish va doimiy izlanishning bir qismi sifatida ko'rmoqda. Ronalduning qo'shilishi startapning global ommalashuvini tezlashtirishi kutilmoqda.

Krishtianu Ronaldu sun’iy intellekt sohasidagi Perplexity AI startapiga sarmoya kiritgani haqidagi xabarni 4-noyabr kuni e’lon qildi. Qiymati 20 milliard dollarga yetgan mazkur kompaniyaga qo‘shilishini u muvaffaqiyatga intilish va doimiy izlanishning bir bo‘lagi sifatida ta’rifladi.

“G‘oliblar hech qachon o‘rganishdan to‘xtamaydi. Savol berishni to‘xtatmang. Shu sabab Perplexity’ga sarmoya kiritdim”, — deya yozdi Ronaldu o‘zining X tarmog‘ida.

Hamkorlik doirasida “Perplexity x CR7” maxsus sahifasi ishga tushirilib, unda Ronalduning barcha yutuqlari va faoliyat yo‘li jamlanadi. Futbol afsonasi bu hamkorlikni “faqat boshlanish” deb baholab, odamlar yanada ambitsiyali savollar berishini rag‘batlantirmoqchi.

2022-yilda tashkil etilgan Perplexity 2025-yil sentyabrda 200 million dollar jalb qilgach, 20 milliard dollarlik bahoga erishgan. Ronaldu avval platforma foydalanuvchisi bo‘lgan, keyin esa investorga aylangan. U hatto Prestige Globe Award uchun nutqini ham Perplexity orqali tayyorlaganini aytgan.

1 milliarddan ortiq obunachiga ega Ronalduning qo‘shilishi startapning global ommalashuvini yanada tezlashtirishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu — Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar (140 gol), “Real”ning eng ko‘p gol urgan futbolchisi (450 gol) va milliy jamoalar orasida eng ko‘p gol urgan jahon rekordchisi (143 gol). Hozirda “An-Nassr” sharafini himoya qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar