13:22 / 04.01.2018
6 942

Xodimlarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qildirgan korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi

Xodimlarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qildirgan korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 28 dekabr kuni “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari, Ramazon va Qurbon hayitida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Mazkur qarorga muvofiq:
– Yangi yilga – 5 kalendar kuni (2017 yil 30 va 31 dekabr –kalendar bo‘yicha dam olish kunlari, 2018 yil 1 yanvar – ishlamaydigan bayram kuni, 2018 yil 2 yanvar – qo‘shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 3 yanvar – 6 yanvardan ko‘chirilgan dam olish kuni);

- Navro‘z bayramiga – 5 kalendar kuni (18 mart – kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 19 mart – 17 martdan ko‘chirilgan dam olish kuni, 20 mart – ko‘shimcha dam olish kuni, 2018 yil 21 mart – ishlamaydigan bayram kuni, 22 mart – 24 martdan ko‘chirilgan dam olish kuni);

- Mustaqillik kuniga – 5 kalendar kuni (2018 yil 31 avgust – ko‘shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 1 sentyabr – ishlamaydigan bayram kuni, 2 sentyabr – kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 3 sentyabr – 8 sentyabr shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni, 4 sentyabr – 15 sentyabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni) qo‘shib berilgan.

Shuningdek, vatandoshlarimiz Qurbon va Ramazon hayitlarida ham uch kunlik dam olish kunlari e’lon qilindi. Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari kunlariga qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilangani sababli mehnat ta’tili davomiyligi uch ish kuniga qisqartiladi.

Farmonga muvofiq, belgilangan mehnat ta’tili qisqartirishni hisobga olgan holda 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Shu bilan birga davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan, belgilangan mehnat ta’tilining qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarini qo‘shish yo‘li bilan xodimga mehnat ta’tili uchun beriladigan to‘lovlar miqdori ham saqlanib qoladi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”

“O‘zbekturizm” tomonidan mazkur ta’tillar doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturiga ko‘ra, Samarqand, Buxoro, Urganch yo‘nalaridagi temir yo‘l va aviachiptalar narxlarida, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda maxsus chegirmalar belgilanadi. Ushbu yo‘nalishlardagi sayohatlar davomida, hamyurtlarimiz ta’tilni mazmunli o‘tkazish barobarida mablag‘ning bir qismini tejab qolishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, hukumatimiz tomonidan hamyurtlarimizning bu kabi ziyorat va sayohatlarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Endi turli korxona va tashkilotlar tegishli turistik firmalar bilan hamkorlikda bayram ta’tillari davomida yurtimizning qator shaharlari bo‘ylab o‘z xodimlari uchun sayohatlar tashkil etishlari mumkin. Mazkur hujjatlarda ana shunday sayohatlar tashkil etgan korxonalarga soliq imtiyozlarini belgilash nazarda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Mazkur hujjatlarda aholining kam ta’minlangan qatlarmlari, bolalar va nuroniylar uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilanishi ham ko‘zda tutilgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodimlarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qildirgan korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi