Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Sud oldida javob berayotgan A. Tursunboyev va boshqalar Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan firibgarlik, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi Dilshod Komilov raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida xalq maslahatchilari, prokuror, jabrlanuvchilar, fuqaroviy da’vogar vakili, sudlanuvchilarning advokatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi D. Komilovning ma’lum qilishicha, jinoyat ishi bo‘yicha sud tergovi yakuniga yetgan.
Sudda raislik qiluvchi sudlanuvchilarga so‘nggi so‘z berdi.
“Men hech qachon birovni aldamaganman, — dedi A. Tursunboyev. — Odamlar menga o‘z ixtiyori bilan pullarini keltirib bergan. Asl maqsadim bu pullarni tadbirkorlik qilib ko‘paytirib, egalariga qaytarish bo‘lgan. Men bundan afsusdaman va qilmishim uchun xalqimizdan, Prezidentimizdan kechirim so‘rayman”.
Boshqa sudlanuvchilar ham bilmay noqonuniy ishga aralashib qolgani, bundan pushaymon ekanliklarini bildirdi.
Sud majlisi yakunlandi. Sud maslahatlashuvi tugaganidan so‘ng sud qarori e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ish yuzasidan sud hukmi 19 fevralda e’lon qilinishi bildirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi