Ushbu konsept IKEA tomonidan IDEO London dizaynerlik firmasi va "2025 yilda bizning taomga nisbatan munosabatimizga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, texnologik va demografik omillar yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
1. 2025 yilga xush kelibsiz. Zamonaviy oshxona mana shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Foto: IDEO London
2. Sifati buzilishiga oz qolgan pomidorni nima qilishni bilmayapsizmi? Tezkor va yengil retseptga ega bo‘lish uchun bu pomidorni stol ustiga qo‘ying. Bunday holatda maqsad - oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish.
3. Retsept stol ustida ko‘rsatiladi, shunday ekan, iPad'ni divanda qoldirishingiz mumkin.
4. Kichik kvartiralar aholisi uchun stol plita o‘rnini bosadigan bo‘ladi. Unda yashirin induksion xususiyatlar mahsulotlarni kastryul va tovalarning ichidan isitadi, oshxona jihozi tashqarisidan emas. Shu tufayli kelgusida stoldan ham ishlash, ham ovqat tayyorlash, ham ovqatlanish vositasi sifatida foydalanish mumkin.
5. Kelajak bufeti muzlatilgan mahsulotlarni ko‘z ostida saqlash imkonini beradi. Shu tariqa siz hadeb muzlatgich eshigini ochish zaruratidan xalos bo‘lasiz.
Foto: IDEO London
6. Mahsulotlar shaffof konteynerlarda saqlanadi, ularning ichki haroratini tokchalarga o‘rnatilgan induksion muzlatish texnologiyalari yordamida nazorat qilish mumkin.
Foto: IDEO London
7. Ushbu baliq bo‘lagi "Selsiy bo‘yicha 2 daraja" yozuvli konteyner ichiga joylangan. Tokcha siz baliqli taom tayyorlashga qaror qilmaguningizga qadar shu haroratni qo‘llab-quvvatlaydi.
Foto: IDEO London
8. Suv ta’minoti tizimi suvdan foydalanishda yanada mas’uliyatli yondashuvni taklif qiladi. U ikki rakovinaga ega: kanalizatsiyaga oqib ketuvchi ifloslangan "qora suv" uchun va idish yuvadigan mashina yoki o‘simliklarga suv quyishda takroran foydalaniluvchi "kulrang suv" uchun.
Foto: IDEO London
9. Maxsus utilizatsiya tizimi bizni nimalarni tashlayotganimizni kuzatishga majbur qiladi. Qo‘lda saralangan chiqindi presslanadi, muhrlanadi va qadoqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi