Suv hayot manbai – usiz tiriklik yo‘q. Ammo qanday suvni iste’mol qilish kerakligi haqida gap borganda, biroz istisno yuzaga keladi. Chunki har qanday mahsulotni iste’mol qilish yoki uni yaratishda me’yorga amal qilinmasa, bu shubhasiz, tirik jon uchun zaharga aylanadi. Masalan, qadoqdagi gazlangan ichimlik suvlari.
Organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi!
2007 yilda “Britaniya oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish komissiya”si tomonidan 6 turdagi oziq-ovqat bo‘yoqlaridan foydalanish taqiqlandi. Britaniya Southampton University olimlarining xulosalariga ko‘ra, bu moddalar bolalar organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosalar shu qadar jiddiy ediki, komissiya bu rang beruvchi moddalarni ishlatishni barcha YES (Yevropa standart)lari uchun taqiqladi. Ko‘pincha bunday ma’muriy choralarni amalga oshirish uchun bir necha oylar, ba’zan bir necha yillar kerak bo‘ladi. Ammo bu xabarni eshitgan Britaniyadagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar YESning xulosasini ham kutmasdan, bu moddalarni ishlatishdan bosh tortishgan.
Tibbiy xulosa
Bo‘yoq va konservantlar immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, tabiiy ichak mikroflorasini buzadi. Bu kabi o‘zgarishlar onkologik xastaliklar va qon-tomir patologiyasiga olib keladi. Moddalar almashinuvi buziladi va jigar faoliyatiga qattiq zarar yetkazadi.
AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa mamlakatlarning oziq-ovqatni nazorat qilish agentliklari gazlangan suvlarda salomatlik uchun xavfli sanalgan zaharli benzol borligini aniqlashgan. Benzol leykoz, lifom kabi qon kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Gazlangan ichimliklarni ko‘p miqdorda va muntazam ichib yuruvchi kishilar, ayniqsa, yosh bolalarning salomatligi uchun bu – katta xatardir. Mutaxassislarning fikricha, bunday ichimliklar yosh tananing suyak to‘qimalarining mo‘rtlashishiga olib keladi, oshqozon-ichak, ovqat hazm qilish va asab tizimiga ham zarar yetkazadi.
Dahshatli sir
Ichimliklardagi askorbin kislotasi va sun’iy shakar bilan birga yuradigan benzol ilk marta 1990 yilda AQSH mutaxassislari tomonidan kashf etilgan. Bu va boshqa shu toifadagi moddalar shakar o‘rnini bosuvchilar bo‘lib, ko‘p iste’mol qilish natijasida miyada o‘simtaning paydo bo‘lishiga hamda ko‘rish qobiliyatining susayishiga olib kelishi mumkin. Bu mudhish moddalar saqichlar, gazlangan suv, ayniqsa, xorijdan keltiriladigan salqin ichimliklarda uchraydi.
O‘zimiznikidan qo‘ymasin!
Har qanday zamonaviy modifikatsiyadagi oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat yosh organizmga, balki kattalarning ham sog‘ligiga jiddiy xavf soladi. Xo‘sh, buning oldini olish uchun qanday yo‘l tutish kerak? Ularni iste’mol qilmaslikning iloji bormi? Balki xarid qilayotgan mahsulotlarimizning qadoq qog‘oziga nimalar yozilganligiga jiddiy e’tibor qaratish yoki xorijdan turli yo‘llar bilan kirib kelayotgan ichimliklar emas, ko‘z oldimizda, o‘z yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘proq sotib olish lozimdir.
Hozirda respublikamizdagi yaxna ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha samarali faoliyat olib borilmoqda. Ana shu ichimliklar nafaqat ichki bozorda, balki xorijda ham o‘z o‘rnini topishga ulgurgan, o‘z xaridorlariga ega. Shuning-dek, yurtimizda ma’danlarga boy yer osti suv manbaalari ko‘p. Bugunga kelib bunday shifobaxsh suvlarni qadoqlab aholiga yetkazish ham izchil rivojlanmoqda.
E’tibor bering!
Suv shunchaki chanqoqni bosish vositasi emas, balki darmon keltiruvchi ichimlik ekanini ham unutmaslik kerak. Shu bois qadoqlangan suv xarid qilayotganda, uning tarkibiga e’tibor qiling va albatta, foydali mikroelementlar mavjud bo‘lgan ichimlik suvini tanlang. Ana shunda suvning haqiqatan ham darmon keltiruvchi xosiyatini anglaysiz.
UMIDA tayyorladi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi