Dunyoda har 10 daqiqada ayol o‘ldirilmoqda —har kuni 137 ayol qurbon

1 daqiqa o'qish192
Dunyoda har 10 daqiqada ayol o‘ldirilmoqda —har kuni 137 ayol qurbon

BMTning yangi hisoboti dunyo bo‘ylab ayollarga nisbatan zo‘ravonlik qanchalik xavfli darajaga chiqqanini yana bir bor ko‘rsatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda yer yuzida 83 ming ayol va qiz qasddan o‘ldirilgan. Eng yig‘loqsi — har kuni o‘rtacha 137 nafar ayol o‘z turmush o‘rtog‘i yoki yaqin qarindoshi qo‘lidan halok bo‘lgan.

Tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, barcha qurbonlarning 60 foizini o‘z oilasi bilan birga yashagan erkaklar tomonidan o‘ldirilgan ayol va qizlar tashkil etadi. Solishtirish uchun: erkaklarga nisbatan qotilliklarning faqat 11 foizi oila davrasida sodir bo‘ladi.

BMT Ayollar dasturi siyosat direktori Sara Xendriks ta’kidlashicha, femitsid — ayollarni jinsiy belgisi asosida o‘ldirish — hech qachon to‘satdan sodir bo‘lmaydi. Uning aytishicha, bu odatda ta’qib qilish, tahdid, onlayn zo‘ravonlikdan boshlanib, keyin jismoniy zo‘ravonlikka va oxir-oqibat qotillikka aylanadi.

Hisobotda aytilishicha, ayollarga nisbatan eng ko‘p qotilliklar Afrikada kuzatilgan — har 100 ming ayolga 3 ta o‘lim to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinni Amerika materigi egallagan.

Germaniya ham o‘z statistikasini e’lon qildi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, 2024 yil davomida 308 nafar ayol zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan, ularning 191 tasida jinoyatchi turmush o‘rtog‘i, sobiq sherigi yoki qarindoshi bo‘lgani aniqlangan.

BMT hisoboti jahonda ayollar xavfsizligi hali ham keskin muammo ekanini, zo‘ravonlikning ildizini barvaqt aniqlash va uni oldini olish eng muhim vazifa bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?