date

Xolid Al Binoliy O‘zbekiston turizm elchisi bo‘ldi

Xolid Al Binoliy O‘zbekiston turizm elchisi bo‘ldi
Mashhur qatarlik tadbirkor va bloger Xolid Al Binoliy O‘zbekiston turizm brendining Qatar mamlakatidagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Sertifikat unga Qatar Travel Mart 2025 xalqaro turizm ko‘rgazmasida topshirildi. Ushbu marosim Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilib, forumning asosiy tadbirlaridan biriga aylandi.

Marosimda faxriy mehmon sifatida Qatar tadbirkorlar assotsiatsiyasi raisi va Al Faisal Holding kompaniyasi asoschisi Shayx Faysal bin Qosim Al-Tani ishtirok etdi. Xolid Al Binoliy Qatarning eng taniqli ta’sirchan shaxslaridan biri bo‘lib, uning 5 millionga yaqin obunachisi bor.

U madaniy va sport loyihalarini faol targ‘ib qilib, Fors ko‘rfazi mamlakatlari va xalqaro hamkorlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. “Dunyo” axborotiga ko‘ra, bu tayinlov O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 12,5 foizga ko‘pdir. Xususan, Qatar davlatidan kelgan sayyohlar soni 2022 yilga nisbatan 6,2 barobar oshdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xolid Al Binoliy O‘zbekiston turizm elchisi bo‘ldi