Navoiyda 3 yoshli qizaloqning qo‘li qiyma maydalagichga kirib ketdi

1 daqiqa o'qish524
Navoiyda 3 yoshli qizaloqning qo‘li qiyma maydalagichga kirib ketdi

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ro‘y bergan noxush hodisa keng jamoatchilikni xavotirga soldi — 3 yoshli qizaloq ovqat tayyorlanayotgan paytda qo‘lini go‘sht maydalagich ichiga tushirib yuborgan va barmoqlari metall qurilma ichida qisilib ketgan.

Ona vaqtincha bola hushidan ketmasdan qurilmani darhol o‘chirgan, biroq barmoqlar temir konstruktsiya ichida qattiq siqilib qolgani uchun u qurilmani sindira olmagan. Ayol shu zahoti tez yordam chaqirgan.
Tibbiyot xodimlari 12 daqiqa ichida yetib kelib, jarohat yanada og‘irlashmasligi uchun bolani maydalagich bilan birga shifoxonaga olib borishga majbur bo‘lishgan.

Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi travmatologi Elmurod Ahatovning aytishicha, qizaloq shifoxonaga og‘riq shoki holatida keltirilgan va chap qo‘lida kuchli qon ketishi kuzatilgan. Barmoqlar va kaft qismida chuqur shikastlanishlar aniqlangan.

Shifokorlar 2 soatdan ortiq davom etgan murakkab operatsiya paytida barmoq paylari, nerv tolalari va qon tomirlarini tiklab berishga harakat qilishgan. Ahatovning ta’kidlashicha, bu yoshdagi bolalarda tomirlar juda nozik bo‘lgani uchun jarrohlik yuqori aniqlik talab etgan.

Dastlab shifokorlar qo‘lni saqlab qolish imkoniyatini 50 foizdan past baholashgan. Jarohat chuqurligi va tomirlar shikastlangani sabab destruktsiya xavfi yuqori bo‘lgan.

Ayni paytda qizaloqning ahvoli barqaror. U ba’zi funksiyalarni tiklash uchun kamida 2–3 oy davolanadi, to‘liq motor harakatlari esa 6 oygacha tiklanishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?