“Qashqadaryolikman, zo‘ring bormi?” Toshkentda haydovchilarni haqoratlagan erkakga qattiq chora ko‘rildi

1 daqiqa o'qish546
“Qashqadaryolikman, zo‘ring bormi?” Toshkentda haydovchilarni haqoratlagan erkakga qattiq chora ko‘rildi

Toshkent ko‘chalarida vaziyatni beqarorlashtirgan, yo‘l o‘rtasida haydovchilarni haqorat qilib, transport harakatiga tosqinlik keltirgan shaxsga sud javobi berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 13 noyabr kuni Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda erkak haydovchilarga nisbatan qo‘pol so‘zlar ishlatib, “Qashqadaryolikman, zo‘ring bormi?”, deb baqirib, yo‘l harakatiga jiddiy xalaqit keltirgani yaqqol ko‘rinadi. Bu esa faqat osoyishtalikni emas, jamoat tartibini ham buzgan.

Sud majlisida u aybini tan olgan, qilgan harakati uchun afsusdaligini bildirgan va yengilroq chora so‘ragan. Biroq sud unga Ma’muriy javobgarlik kodeksining 183-moddasi — mayda bezorilik bo‘yicha ayblov qo‘llab, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini belgiladi.

Shuningdek, maxsus qabulxonada saqlash xarajatlari uchun har kuniga BHMning 15 foizi hisobidan, jami 618 ming so‘m davlat foydasiga undiriladigan bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?