
O‘zbekistonning bir necha hududlarida kecha kechqurun keng ko‘lamli ekologik reydlar o‘tkazilib, havo sifatini buzgan qator korxonalar faoliyati tekshirildi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Ekopolitsiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan nazoratga FVV, Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari ham jalb etildi.
Toshkent shahri va viloyatining Qibray, Zangiota hamda Toshkent tumanlarida tashkil etilgan tezkor guruhlar jami 103 ta korxona faoliyatini ko‘rikdan o‘tkazdi. Tekshiruvlar davomida havo muhofazasi qoidalarini buzish bo‘yicha 38 ta holat aniqlandi va mas’ullarga 34,8 million so‘m jarima qo‘llandi.
Eng jiddiy qonunbuzarliklar qayd etilgan 18 ta obyektning faoliyati atrof-muhitga yetkazilgan zarar tufayli 10 kunga to‘xtatildi. Hozirda ekologik nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.