To‘g‘ri ilg‘adingiz! Bu o‘rinda gap sohibqiron Amir Temur buyrug‘i bilan yasalgan qirq quloqlik ulkan doshqozon haqida ketayotgani yo‘q.
Aslida, uchinchi ming yillikda insoniyatni hayratga solish qiyin. O‘zbek oshpazlari esa buning uddasidan chiqishdi.
O‘tgan yili mega palov loyihasi asosida o‘rnatilgan antiqa rekord yurtimiz metallurglari dovrug‘ini ham dunyoga yoydi. Qanday qilib deysizmi?! Albatta, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tayyorlangan ulkan doshqozon orqali-da!
Ko‘rsatkichlarni qiyoslaymiz. Sarkarda bobokalonimiz quydirtirgan qirq quloqli doshqozonning vazni 2 tonnaga teng. Mega palov esa bundan qariyb 4 barobar og‘ir, ya’ni 7070 kilogrammlik ulkan qozonda damlandi. Hatto o‘chog‘ining o‘zi 3 tonnaga yaqin tosh bosadi.
Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy maqbarasi yoniga o‘rnatilgan tarixiy doshqozonning diametri 2,47 metrga teng bo‘lsa, bizdagisi 4,2 metrdan iborat. Amir Temur yasattirgan ulkan idish 600 chelak suv bilan to‘lsa, olmaliqlik metallurglar uni 8 ming litr suv sig‘adigan qilib quyishgan. Bu taxminan 1000 chelakka teng ko‘rsatkich. Shu sababli 2017 yili chuqurligi 1 metrlik qozonda salkam 1 900 kg guruch, 1 500 kg mol go‘shti, 400 kg qo‘y go‘shti, 220 kg dumba, 2 700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr o‘simlik yog‘i, 57 kg tuz, 100 kg no‘xat, 190 kg uzum, 5 kg zira, 2 kg yanchilgan qalampir, 1 kg zarchava va 350 litr suv solinib, umumiy og‘irligi 8 tonnadan iborat osh tayyorlandi.
Ilgari bunday ulkan qozonlar haqida afsonalar to‘qilgan. Buyuk muarrix Gerodotning “Tarix” asarida shunday lavha keltiriladi: Bu bahaybat mis qozon skif hoqoni Arrianning farmoniga ko‘ra yasalgan emish. U o‘z fuqarolari sonini bilish maqsadida har kim bittadan kamon o‘qi uchini olib kelishini buyuribdi. Hash-pash deguncha saroy maydonida paykonlar uchi tog‘ bo‘lib uyulibdi. Hoqon bu o‘qlarning barini eritib kattaroq qozon yasashni amr etibdi. Shu tariqa skif-saklarning afsonaviy mis qozoni paydo bo‘lgan ekan. Navro‘zni shodiyona sifatida tantana qilgan saklar yilboshi kuni ana shu ulkan qozonda tayyorlangan sumalakdan ezgu niyatlar bilan tanovul qilishgan.
Amir Temur va temuriylar davrida ham Navro‘z munosabati bilan Samarqandda, uning atrofidagi Konigilda, Ko‘hak tepaligida, Keshdagi Oqsaroy, Buxorodagi Bahouddin Naqshband maqbarasi atroflarida “Qozon to‘ldi” marosimi taomlari sohibqiron yasattirgan qozonlarda pishirilgani xususida tarixiy ma’lumotlar bor.
Bu qadimiy an’anani davom ettirish maqsadida joriy yilda namanganliklar ajoyib tashabbus bilan chiqishdi. Avval xabar qilganimizdek, Navro‘z bayrami kunlari hududda 5 tonnalik sumalak tayyorlanadi. Va, albatta, mega palov damlangan o‘sha dunyoga mashhur ulkan doshqozonimizda! Bu esa, bahorning ushbu betakror ayyomi fayziga yanada fayz qo‘shishiga ishonchimiz komil.
Farrux BO‘TAYEV tayyorladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...