Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident bo‘lmaganda, ijod bilan shug‘ullangan bo‘lishini aytdi. U Umumrossiya xalq fronti mediaforumi boshlovchilari unga tayyorlab qo‘ygan blis-so‘rov vaqtidagi savolga shunday javob berdi.
Putin boshqa bir jurnalistning savoliga javob berar ekan, o‘zining kelajakdagi taqdiri haqida bilishni istamasligini aytgan.
Putin, shuningdek, o‘z hayoti haqida biroz so‘zlab bergan: uning aytishicha, u har kuni ertalab badantarbiya qiladi, Yangi yil kechasida esa mamlakatning aksariyat aholisi kabi o‘zining Yangi yil tabrigini tomosha qiladi. “Men ham prezident chiqishini ko‘raman va uni kutaman, so‘zim rost”, deb aytgan Putin.
Putin g‘amgin vaqtda nima qilishi haqidagi savolga “Ishlayman” deb javob bergan. U, shuningdek, katta hajmdagi axborot va raqamli ma’lumotlarni esda saqlay olish siri bilan bo‘lishgan. “Agar har kuni bu bilan shug‘ullansang, bu qiyinchilik tug‘dirmaydi”, deb aytgan Rossiya prezidenti.
Bundan tashqari, Putindan qanday tarixiy voqeani o‘zgartirgan bo‘lishi haqida so‘rashgan. “Sobiq ittifoq parchalanishini”, deb javob qilgan Putin. U shu bilan birga boshqa zamonda yashashni istamagan bo‘lishini, chunki uning ajdodlari krepostnoy dehqonlar bo‘lganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?