“Tilla asboblaringizni keliningiz olgan. 5-10 kun ichida qarindoshlari kelgandir. O‘sha qarindoshiga berib yuborgan”. Folbinning so‘zlarini eshitib Rahimaxon dovdirab qoldi. Kelini tushganiga hali bir yil ham bo‘lgani yo‘q. Kelini bor desa bor degudek. Nojo‘ya harakatini shu vaqtgacha sezmadi. Ammo folbinning so‘zlaridan keyin ko‘ngilga gumon in qurib bo‘lgan edi. Folbinning oldidan bir ahvolda uyiga yetib keldi. Hovlisida kutib olgan kelini ko‘ziga boshqacha bo‘lib ko‘rinib ketdi. Hushlamayroq salomiga alik olib, xonasiga kirib nima qilish kerakligini rejasini tuza boshladi.
O‘sha kundan boshlab Rahimaxonning oilasidan xotirjamlik ko‘tarildi. Kelinining har bir harakati shubhali ko‘rinib: “Shu vaqtgacha ichimda ilon saqlagan ekanman”, degan o‘y bir zumga ham tark etmadi. Arzimagan narsa bo‘lib ko‘ringan narsadan katta janjal ko‘tarib, axiri “o‘g‘ri” degan nom bilan kelinini uydan haydadi. Gapni nimadaligini bilmoqchi bo‘lgan o‘g‘lini jerkib tashladi. Onasining vajohatiga qarshi bora olmagan o‘g‘il xotini bilan ajrashishga majbur bo‘ldi.
Rahimaxon ko‘nglidagidek kelin topguniga ham ancha vaqt o‘tdi. Bu orada uydan haydalgan kelin boshqa turmush qurib, o‘g‘ilchalik bo‘ldi.
Ko‘ngliga yoqqanini topib, to‘y taraddudini boshlagan Rahimaxon uy jihozlarini tozalashga urindi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki tutilmaydigan chinnilar ichida kelinni o‘g‘riga chiqarishiga sabab bo‘lgan tilla asboblari turardi. Oyoq-qo‘llari muzlab qoldi. Bir oilani parokanda bo‘lishiga, guldek keliniga tuhmat qilishiga sabab bo‘lgan folbinni ham, uning so‘ziga kirgan o‘zini ham ich-ichdan qarg‘adi. Ammo hech narsani o‘zgartirib bo‘lmas edi.
Bir narsasini yo‘qotgan, biror ishda shubhaga borgan kimsa, ayniqsa ilmsiz, ma’rifatsiz ayol-qizlar yoki tushkunlikka tushgan insonlarning aksariyati muammoning yechimini topish uchun folbinlarga borishadi. Oilaviy ajrimlarning kelib chiqishi, akani ukadan ajratadigan, qudalar, qo‘shnilar, hamkasblar orasiga sovuqchilik tushiradigan folbinlar o‘zlarini g‘ayb ilmini bilishlarini da’vo qilishadi. Folbinlarga boruvchilar esa vaqtlari, sog‘ligi, puli bekorga ketganligini hisobini qilishmaydi.
Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:
“Allohni qo‘yib, foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga iltijo qilmang! Agar qilsangiz, unda, albatta, Siz zolimlardandirsiz”.
“Agar Alloh Sizga biror zarar yetkazsa, bas, Uning O‘zidan boshqa uni ketkazadigan (kuch) yo‘qdir. Agar Sizga biror yaxshilik (yetkazish)ni istasa, Uning fazlini qaytaruvchi (kuch) ham yo‘qdir. Uni (fazlini)bandalaridan xohlaganiga yetkazur. U Kechirimli va Rahmlidir” (Yunus surasi, 106-107 oyatlar).
Oysha roziyallohu anho aytadilar: “Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kohinlar haqida so‘radilar. Shunda u Zot: “Ular xech narsaga arzimaydilar”, dedilar. “Ey Allohning Rasuli, ba’zan ular bir narsani aytsa, haq bo‘lib chiqadi-ku?” deyishdi. U zot: “U haqdan bo‘lgan bir kalima bo‘lib, jinlardan biri uni ilib olib,”og‘aynisi”ning qulog‘iga tovuqning qaqillashiga o‘xshatib, ilqo qiladi. Ular esa unga yuzdan ortiq yolg‘onni aralashtirib yuboradilar”, dedilar” (Buxoriy va Termiziy rivoyat qilganlar).
Bir kishi janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlarida kelib, qo‘liga bir narsani berkitib bu nima deb so‘radi. Shunda Rasululoh sollallohu alayhi va sallam ochiqdan ochiq folbin emasliklarini aytib, “folchi-romchilar do‘zaxiydir” – dedilar.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kim folbinga borib, uning gapiga ishonsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsadan ajrabdi. Kim uning huzuriga kelsa-yu, gapiga ishonmasa, qirq kecha namozi qabul bo‘lmaydi” (Tobaroniy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:”Kim tugun tugib, unga dam ursa, sehr qilgan bo‘ladi. Kim sehr qilsa, shirk keltirgan bo‘ladi”, deb aytganlar (Imom Nasoiy rivoyat qilgan).
Demak, folchi-romchilarga borish va ulardan o‘z muammolarini yechimi yo‘lida yordam so‘rash gunohi kabiralardan biri ekanligini bildik. Biz har qanday holda ham Alloh taolodan madad va yordam so‘rashimiz, Uning O‘zigagina iltijo qilishimiz lozim.
Hayotimiz sinovlardan iborat, har birimiz duch kelayotgan sinovlarda aql bilan fikr yuritib, oqibatini o‘ylab har bir ishga oqilona yondashishimiz zarur. Atrofimizdagilar, yaqinlarimizga biror musibat yetganda folbin, sehr qiluvchilarning oldiga bormaslikni qat’iy tushuntirishimiz zarur. Folbinlik, sehrgarlik ulkan gunohlardan bo‘lib, Alloh asrasin ikki dunyoda ham xorlikka olib kelishi mumkin.
Munira ABUBAKIROVA
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi
Manba: O‘MI rasmiy sayti “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?