Toshkent shahrida fojeaviy holat ro‘y berdi. Kecha Olmazor City turar-joy majmuasi hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida erkak o‘z joniga qasd qilgani xabar qilinmoqda. Uning 10-qavatdan pastga tashlab yuborgani natijasida hayotini yo‘qotgani aytilmoqda.
Hozircha voqeaning sabablari va erkakning shaxsi haqida aniq ma’lumot berilmadi. Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani qayd etilmoqda.
Aytish joizki, so‘nggi vaqtlarda bunday holatlar ko‘payib borayotgani jamoatchilik orasida tashvish uyg‘otmoqda.
Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar