Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qidiruvda bo‘lgan Shaxista Mullayeva O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U firibgarlik jinoyatida ayblangan. Bu haqda mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoki hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, soliq to‘lamaslik va bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan, qidiruvda bo‘lgan yana ikki shaxs — X.Barotov va S.Xolov ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston tergov organlariga topshirildi.
Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, jinoyat javobgarligidan qochib xorijda yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan izchil choralar ko‘riladi va ular qonun oldida javob berishi ta’minlanadi.
Turkiyada qochib yurgan firibgar ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar