date

Chinozda YPX xodimi avtohalokatda ayblanayotgani aytilmoqda

Chinozda YPX xodimi avtohalokatda ayblanayotgani aytilmoqda

Chinoz tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida Gentra haydovchisi halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt avtomashinasi quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘lning qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va Gentra bilan to‘qnashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Cobalt'ni yo‘l-patrul xizmati xodimi katta tezlikda va davlat raqamini yechib olgan holda boshqargani aytilayotgani Kun.uz tomonidan tasdiqlandi.

Hodisa 2025 yil 12 avgust kuni soat 05:30 atrofida M-39 trassasining Chinoz tumanidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan. 1987 yilda tug‘ilgan Fayzulla Ubaydullayev boshqaruvidagi Gentra mashinasiga qarshi yo‘nalishdan chiqqan Cobalt kelib urilgan. Jarohat olgan haydovchi shifoxonada vafot etgan.

Avtomobilda uning turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi ham bo‘lib, ular Samarqandga sayohatga ketayotgani ma’lum qilindi. YTH oqibatida marhumning ikki qizi va turmush o‘rtog‘i ham tan jarohati olgan.

Marhumning qarindoshlari iddao qilishicha, Cobalt rulida YPX xodimi Davron Yo‘ldoshev bo‘lgan. U avtomashina raqamini yechib olib, yuqori tezlikda harakatlangan va noto‘g‘ri quvib o‘tish natijasida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Ularga ko‘ra, Yo‘ldoshev YTHdan so‘ng davlat raqami olib tashlangan Damas'ga o‘tirib, yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan ketib qolgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chinozda YPX xodimi avtohalokatda ayblanayotgani aytilmoqda