Britaniyaning parlamentida farrosh bo‘lib ishlagan Mulikat Ogunmode, 16 yil davomida kuniga 17 soat mehnat qilgani ma’lum bo‘lgach, ishdan bo‘shatildi. Ogunmode 2008-yildan 2024-yilgacha Deutsche Bank’da kunduzi, Buyuk Britaniya parlamentida esa kechqurun ishlagan. U muntazam ravishda ikki ish o‘rtasida minimal 11 soatlik dam olish vaqtini buzib, Britaniya mehnat qonunchiligiga zid harakat qilgan.
Ogunmodening qonunbuzarligi fosh etilgach, parlament uni ishdan bo‘shatdi. U ish beruvchiga sudda murojaat qilib, ishdan noqonuniy bo‘shatilgani va ish haqidan noadolatli ushlab qolishlar bo‘lganini iddao qildi. Biroq, sud Ogunmodening talablarini rad etdi.
Sudya ta’kidlashicha, Ogunmodening ish vaqtidagi tartibsizliklari nafaqat uning sog‘ligi va xavfsizligiga, balki jamiyat manfaatlariga ham tahdid solgan. Bundan tashqari, Ogunmode ikkinchi ish joyi haqida ish beruvchiga to‘g‘ri ma’lumot bermaganligi sababli javobgarlikka tortildi. Bu voqea Britaniyada ish va dam olish vaqtiga oid qonunlarga jiddiy e’tibor qaratilishi zarurligini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!