Istanbulda so‘yib ketilgan ayolning qotili Navoiy viloyatidan topildi

1 daqiqa o'qish7.1K
Istanbulda so‘yib ketilgan ayolning qotili Navoiy viloyatidan topildi

Turkiya matbuoti xabar berishicha, Istanbul shahrida sodir bo‘lgan qotillikning gumonlanuvchisi O‘zbekistonning Navoiy viloyatida qo‘lga olindi. Avvalroq, Turkiyaning eng ko‘p o‘zbekistonliklar istiqomat qiladigan megapolislaridan biri — Istanbulning Fotih tumanida 36 yoshli Zulayho E. (ismi o‘zgartirilgan) bog‘zidan pichoqlanib, o‘z uyida jonsiz holda topilgani haqida xabar berilgan edi.

Qotillikda gumonlanayotgan shaxs 46 yoshli Akmaljon Rustamovich S. bo‘lib, Turkiyadan qochib, Navoiy viloyatidagi uyiga yashirinishga ulgurgan. Maqomoti ma’lumotiga ko‘ra, u 27 sentyabr kuni O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 20 sentyabr kuni soat 21:30 da Istanbulning Fotih tumanidagi Oqsaroy mahallasida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi Halimaxon Odilovna Ahmadova o‘z uyida qotillik qurboni bo‘lib, bog‘zidan pichoqlangan holda topilgan. Voqea joyiga politsiya, tergovchilar va tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan, tekshiruv jarayonida kameralar tasvirlari ham o‘rganilgan.

Gumonlanuvchi dastlab mast bo‘lganini, ayolni ko‘rish uchun Turkiyaga borganini va qaytib kelganini tan olgan. U ayolni pul uchun shantaj qilganini va bu qotillikka sabab bo‘lganini ham ma’lum qilgan. Hozirda gumonlanuvchining sudi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Bu hodisa Istanbuldagi o‘zbekistonlik jamoasi orasida katta shok va hayrat uyg‘otgani bilan birga, Navoiyda qo‘lga olingan gumonlanuvchining tezkor qo‘lga olinishi mamlakat huquq-tartibot idoralari va konsullik hamkorligining samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?