date

Pokistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik qutqarildi

Pokistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik qutqarildi

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi ko‘magida odam savdosi qurboniga aylangan X.E. Vatanga qaytarildi, deya xabar qildi «Dunyo» AA.

Ma’lum qilinishicha, hamyurtimiz 2018 yili Lahorga go‘yoki salonda ishlash shartlari bilan borgan. Biroq u yerda noma’lum shaxslar tomonidan aldanib, fohishalik uyiga sotib yuborilgan.

Shu bois X.E. O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, Vatanga qaytishda yordam so‘ragan. Diplomatik vakolatxona xodimlari unga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatib, zarur hujjatlarni tayyorlab berdi va qaytish guvohnomasini rasmiylashtirdi.

Pokiston mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida u qonunbuzarlik bilan bog‘liq javobgarlikdan xalos qilindi va jarimalarsiz deportatsiya qilinishi ta’minlandi.

O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi ko‘magida yurtdoshimiz uchun aviachipta xarid qilinib, 27 sentyabr kuni «Uzbekistan Airways»ning «Islomobod–Toshkent» reysi orqali Vatanga qaytarildi.

Ta’kidlanishicha, xorijdagi fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pokistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik qutqarildi