14:02 / 12.03.2018
6 239

Oliygoh va kollejlardan jismoniy tarbiya darslarini olib tashlash vaqti kelmadimikin?

Oliygoh va kollejlardan jismoniy tarbiya darslarini olib tashlash vaqti kelmadimikin?
Tahlil qilib ko‘raylik:

Masalan, biz universitetda o‘qigan paytlarimizda chorshanba kuni 2-para jismoniy tarbiya darsi bo‘lar edi, o‘sha kuni forma bilan maydonchaga borish kerak va 3-para darsga qaytib kelish kerak edi. 1 haftada bir marta jismoniy tarbiya darsi fan sifatida o‘tilishi jismoniy madaniyatni shakllantirib qo‘ymaydi. Ovoragarchilikdan boshqa narsa emas.

Oliygohlarda juda ko‘pchilik uchun bu fan semestrni 20-30 ming so‘m bilan yopishdan boshqa narsa emas (o‘z kuchi bilan yugurib oladiganlar ham bor, mayli, bu muhim emas).

Ta’lim tizimida shu fan uchun ajratiladigan qancha resurs (fan dasturi, o‘qituvchilar, kabinetlar va hokazo) isrof.

Sport kerak emas degan fikrdan yiroqman. Jismoniy madaniyatni boshqa shaklda tashkillashtirish variantlarini o‘ylab ko‘rish kerak. Haftada 3 kun suzish, boks, kurash, yugurish, gimnastika kabi to‘garaklarga borish ko‘nikmasini bolalarda yoshlikdan shakllantirish kerak. Sport bilan shug‘ullanuvchilar biladi, agar kishi bir izga tushib olsa, keyin u bahona qidirmay sportni yashash tarzining bir qismiga aylantirib oladi.

Sport yaxshi narsa, lekin ta’lim tizimimizda aniq, tabiiy, ijtimoiy fanlarga maksimal urg‘u berish uchun uni o‘quv dasturlaridan ajratib olib rivojlantirish ma’qul deb o‘ylayman.
Ibrohim Qodirov

Manba: Fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliygoh va kollejlardan jismoniy tarbiya darslarini olib tashlash vaqti kelmadimikin?