14:26 / 04.06.2018
5 533

IIBB Qo‘yliqda fohishalar to‘planishiga barham berish usulini topdi

IIBB Qo‘yliqda fohishalar to‘planishiga barham berish usulini topdi
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy mas’uliyati pastlashib ketgan qizlarning eng sevimli joyiga aylangan Qo‘yliq bozori oldida tartib o‘rnatish bo‘yicha choralarni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bu yerga vaqti-vaqti bilan reydlar uyushtirib turgan, ammo bu ko‘p samara bermas edi — oradan yana ikki-uch kun o‘tib ko‘prik ostidagi "pyatachok" yana avvalgi sershovqin hayotiga qaytar edi.

Vaziyatni o‘nglash uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bir martalik aksiyalar bilan chegaralanmaslikni, balki qat’iy choralar ko‘rish qarorini qabul qildi. Endilikda bu yerda doimiy nazorat o‘rnatish Patrul-post xizmati budkasi o‘rnatilgan va militsiya xodimlari tomonidan tunu-kun nazorat olib borilmoqda.

Foto: Facebook / «Xalq bilan muloqot»
Bu IIBB tomonidan poytaxtda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilk loyiha.

Ikkinchi xuddi shunday budka Brodvey nomi bilan mashhur turistik ko‘chada joylashtirilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bu yerda faqatgina navbatchilik qilish bilan cheklanishmaydi. Ushbu budkaga yaqinda joylashgan kameralar ham ulangan bo‘lib, militsiya xodimlari bu orqali katta territoriyada kuzatuv olib bormoqdalar. Bu ularga xavf tug‘ilgan taqdirda tezkorlik bilan uni bartaraf etish imkonini taqdim etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)