
Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashish uchun Dushanbega joʻnab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq, 27-28 sentyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga borishi maʼlum qilingandi.
Tashrifning birinchi kuni qator ikki tomonlama tadbirlar jadvali asosida oʻtkaziladi. Tashrifdan asosiy maqsad, 28 sentyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etishidir.
Shuningdek, ushbu safar davomida tor va keng doiralarda muzokaralar oʻtkazilishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
MDH davlat rahbarlari sammitda ishtirok etish doirasida tojikistonlik metallurglar shahri - Tursunzodaga tashrif buyurishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar